Zelenskiy Ukrainadan qachon qochib ketishi mumkin — amerikalik kapitan taxmini

Kiyevdagi energiya tizimi kuzga qadar qulashi mumkinligi aytildi.
Sputnik
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Ukrainadagi korrupsiyalashgan hokimiyat tizimi Amerikadan yordam puli olmasa, kuzgacha qulashi mumkin. Bu haqda AQSh dengiz piyodalarining iste’fodagi kapitani Metyu Xo “Judging Freedom” YouTube-kanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

“Agar Kongress pullar borasida chora ko‘rmasa, bank muvaffaqiyatsizlikka uchraganidek, Ukrainada vahima boshlanishi ehtimoli yuqori”, – dedi u.

Sobiq dengiz piyodasining tushuntirishicha, Ukraina davlati korrupsion piramida bo‘lib, unda AQShdan keladigan pullar Kiyev rasmiylari o‘rtasida taqsimlanadi. Pul oqimini to‘xtatish bunday tizimning muqarrar qulashiga olib keladi, deya qo‘shimcha qildi u.

"Agar pul quyiga ketmasa (AQShdan Kiyev rasmiylariga – tahr.), odamlar vahimaga tushishni boshlaydi. Shunda Zelenskiyning Mayamidagi villasi tomon qochishini ko‘rasiz. <...> Shunga o‘xshash nimadir, ehtimol, uzog‘i bilan Mehnat kuniga qadar sodir bo‘lishi mumkin", – deb ogohlantirdi Xo.

AQSh Kongressi Vakillar palatasida respublikachilar ko‘pchiligining pozitsiyasi tufayli Oq uyning Kiyev uchun yana 60 milliard dollar ajratish so‘rovini hozircha qo‘llab-quvvatlamagan. Ilgari ajratilgan mablag‘lar o‘tgan yilning dekabr oyida tugadi va avvalroq e’lon qilingan harbiy yordam paketlarining bir qismi avvalgi shartnomalar bo‘yicha Ukrainaga kelmoqda.
Tramp saylovlarda g‘alaba qozonsa, Kiyevga pul bermaslikka va’da bergan — Orban