Rossiya qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasiga nimalar olib keldi?

Ko‘rgazmada 21 mamlakatdan 135 ta kompaniya ishtirok etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Toshkentda “Qishloq xo‘jaligi – AgroWorld Uzbekistan 2024” 19-xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda chorvachilik, qishloq xo‘jaligi va o‘simlikchilik hamda agrosanoat majmuasining barcha tarkibiy qismlari bo‘yicha innovatsiyalar bilan tanishish imkoniyati yaratilgan, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
“Ko‘rgazmaning qishloq xo‘jaligi mavsumi boshida o‘tkazilishi fermerlarga eng so‘nggi texnologiyalarni o‘z biznesida joriy etish imkonini beradi”, – deya qayd etishdi ko‘rgazma tashkilotchilari.
Qishloq xo‘jaligi O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, yalpi ichki mahsulotning 20 foizdan ortig‘ini ta’minlaydi.
Ko‘rgazma nafaqat texnika va texnologiyalarni namoyish etish maydoni, balki soha mutaxassislariga muhim qarorlar qabul qilish va rivojlanish strategiyasi asoslarini ishlab chiqish imkonini beradi.
Ko‘rgazma mavzuga ko‘ra quyidagi pavilonlarga bo‘linadi:
issiqxona xo‘jaligi, o‘g‘itlar, urug‘lar, sug‘orish, donni qayta ishlash va saqlash;
parrandachilik, chorvachilik, oziqlantirish uchun uskunalar, saqlash va so‘yish, ozuqa, veterinariya.
Ko‘rgazmada 21 ta mamlakatdan 135 ta kompaniya ishtirok etishini tasdiqladi: Avstriya, Belarus, Belgiya, Germaniya, Gruziya, Daniya, Isroil, Hindiston, Eron, Ispaniya, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Koreya, Niderlandiya, Polsha, Rossiya, Serbiya, Turkiya, O‘zbekiston, Shveysariya. Xorijiy ishtirokchilar soni 90% ni tashkil etdi.
Rossiya Federatsiyasining Volgograd viloyati ham milliy stend bilan ishtirok etmoqda. Stend orqali hayvonlarni oziqlantirish uchun uskunalar bilan tanishish mumkin bo‘ladi.
Ko‘rgazmada Qozog‘iston va Rossiyaning yetakchi yem ishlab chiqaruvchilari ilk bor ishtirok etib, parrandachilik xo‘jaliklarini jihozlash bo‘yicha kompleks yondashuvni taqdim etmoqda.
Ko‘rgazmaning ikkinchi kunida “Fermerlar kuni” o‘tkazildi. “Fermerlar kuni” ko‘rgazmaning o‘ziga xos belgisiga aylandi, unda fermer va dehqon xo‘jaliklari rahbarlari va bosh mutaxassislari uchun ko‘rgazma ishtirokchilari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston videosida.