"Biz muzokaralarga tayyormizmi? Ha, biz faqat muzokaralar olib borishga tayyormiz, bu psixotrop dorilarni qo‘llashdan keyin qandaydir istaklarga emas, balki yer yuzida yuzaga kelgan voqeliklarga tayanib," — dedi Putin.
"Men buni gapirishni istamayman, lekin hech kimga ishonmayman. Bizga kafolatlar kerak. Va kafolatlar belgilanishi kerak, ular bizga mos keladigan va biz ishonadigan kafolatlar bo‘lishi kerak. Gap shu haqida ketapti”, — deydi u.
“Chunki, aytaylik, agar Polsha qo‘shinlari Ukraina hududiga Ukraina-Belarus chegarasini, aytaylik, chegarani yoki boshqa joylarda Ukraina harbiy kontingentini qo‘shma chiziqdagi jangovar harakatlarda qatnashish uchun bo‘shatishga kirsa, unda o‘ylaymanki, Polsha qo‘shinlari u yerdan hech qachon ketmaydi”,— dedi Putin.
“... Ular tarixan o‘zlariniki deb hisoblagan, xalqlar otasi Iosif Vissarionovich Stalin tomonidan tortib olinib, Ukrainaga o‘tkazib berilgan yerlarni qaytarishni istashadi. Albatta, ularni qaytarishni xohlaydi. Va agar u yerga rasmiy Polsha bo‘linmalari kirsa, ularning chiqib ketishi dargumon”, — deya qo‘shimcha qildi Putin.