TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlarining bandlik xizmatlarida ro‘yxatdan o‘tgan ishsizlar soni 2024-yil yanvar oyi oxiriga kelib 786,1 ming kishini tashkil etdi, deya xabar berdi YeIK matbuot xizmati.
Bu ko‘rsatgich Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi statistika departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning shu sanasidan 11,1 foizga kam.
“Shunday qilib, ishsizlar soni ishchi kuchining 0,8 foizini tashkil etadi, 2023-yilda esa bu ko‘rsatkich 1 foizga teng bo‘ldi”, — deyiladi hisobotda.
Ishsizlik darajasi ishchi kuchining 3,4 qismini tashkil etdi (2023 yilning III choragi).
Armanistonda 12,0% (2023 yil III choragi), Belarusda 3,5% (2023 yil IV choragi), Qozog‘istonda 4,7% (2023 yil IV choragi), Qirg‘izistonda 4,9% (2022 yil), Rossiyada 2,9% (2023 yil IV choragi).