TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Krasnodar o‘lkasi korxonalari O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirmoqda. bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasi xabar berdi.
Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasida Eksportni qo‘llab-quvvatlash mintaqaviy markazi ko‘magida tashkil etilgan Krasnodar o‘lkasining biznes missiyasi ishtirokchilari bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Delegatsiya tarkibidan PET-konteynerlar, tuproqqa ishlov berish uskunalari, oziq-ovqat mahsulotlari, o‘g‘itlar, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun sanoat uskunalari va professional oshxona jihozlarini ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi 7 ta kompaniya joy oldi.
“Uchrashuvda tomonlar Krasnodar o‘lkasining O‘zbekiston hududlari bilan joriy hamkorligi, qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning istiqbolli yo‘nalishlari va Kuban tadbirkorlari Savdo missiyasi qabul qiluvchi mamlakat bozorida duch kelayotgan muammoli masalalarni muhokama qilishdi”, — deyiladi xabarda.
Shu yili O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan yirik sanoat ko‘rgazmalarida kompaniyalarning ishtirok etish imkoniyatlari alohida muhokama qilindi.