O‘zbekiston va YeOII

YeOII mamlakatlarida biznesni kreditlash hajmi qanchalik o‘zgargan?

Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining Statistika departamenti 2023-yilning to‘rtinchi choragida YeOII mamlakatlarida tadbirkorlik faoliyatini kreditlash natijalarini sarhisob qildi.
Sputnik
TOShKENT, 12 mar — Sputnik.O‘tgan yilning to‘rtinchi choragi yakunlariga ko‘ra, YeOIIning barcha mamlakatlarida biznesni kreditlash hajmi oshdi, deya xabar berdi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati.
O‘tgan yilning so‘nggi uch oyida yuridik shaxslarga milliy valyutada berilgan kreditlar hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sdi:
Armanistonda – 14 foizga;
Belarusda – 27 foizga;
Qozog‘istonda – 32 foizga;
Qirg‘izistonda – 31 foizga;
Rossiyada – 25 foizga.
“Xorijiy valyutadagi kreditlash hajmining sezilarli o‘sishi Qozog‘istonda – 85 foizga, Qirg‘izistonda – 2,1 baravarga qayd etildi”, — deyiladi hisobotda.
Yuridik shaxslarning milliy valyutadagi kreditlari bo‘yicha qarziga kelsak, 2023-yilning IV choragi yakuni bo‘yicha 2022-yilning shu davriga nisbatan o‘sdi:
Belarusiyada – 41 foizga;
Qozog‘istonda – 24 foizga;
Qirg‘izistonda – 18 foizga;
Rossiyada – 25 foizga.
Shuningdek, YeOIIga a’zo mamlakatlarda Belorus bundan mustasno (8 foizga pasayish) yuridik shaxslarning xorijiy valyutadagi kreditlari bo‘yicha qarzlari oshgan. 2024-yil mart oyi boshida Armanistonda – 8,75 foizga (-0,50 foiz punkti) va Qozog‘istonda – 14,75 foizga (-1,00 foiz punktiga) kreditlash qiymatining pasayishi qayd etildi.
Belarus, Qirg‘iziston va Rossiya milliy (markaziy) banklari stavkalarni mos ravishda 9,50%, 13,00% va 16,00% darajasida ushlab turishdi.