TOShKENT, 11 mar — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp agar u yana prezident bo‘lsa, Ukrainaga pul bermasligiga va’da berdi. AQShsiz Yevropa mojaroni moliyalashtira olmaydi va u tugaydi. Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Avvalroq Donald Tramp Viktor Orban uchrashgan edi. Sobiq prezident matbuot xizmati Tramp va Orban “Vengriya va Qo‘shma Shtatlarga taalluqli keng ko‘lamli masalalarni, jumladan, har bir davlat uchun mustahkam va xavfsiz chegaraning muhim ahamiyatini muhokama qilganini” ta’kidladi.
“Ukrainaning o‘zi oyoqda turmayotgani ko‘rinib turibdi. Agar amerikaliklar qurol va pul bermasa, yevropaliklar ularga ergashsa, urush tugaydi. Agar amerikaliklar pul bermasa, yevropaliklar bu urushni o‘zlari moliyalashga qodir emaslar, shunda u tugaydi. Tramp hozir prezident emas, lekin uning partiyasi demokratlar urushga pul jo‘natmoqchi bo‘lganda to‘sqinlik qilmoqda. Tramp qaytsa, bir tiyin ham (ajratmaydi – tahr.) buni qilmasligini aytdi. Va keyin bu urush tugaydi”, — dedi Orban M1 telekanaliga bergan intervyusida.
Tramp Oq uyga qaytishi butun dunyo uchun yaxshi bo‘lardi, chunki uning prezidentligi davrida Yaqin Sharq va Ukrainada hech qanday mojaro bo‘lmagan, dedi Orban Tramp bilan uchrashuvdan so‘ng.