Joriy yilning fevral oyidan boshlab yosh mutaxassislarga xalqaro IT sertifikatini olishga sarflangan mablag‘larning 100 foizigacha qoplab beriladi. Foiz stavkasi olingan ta’lim darajasiga bog‘liq. Ariza to‘ldirish va kompensatsiya pulini olish yo‘llari haqida — Sputnik O‘zbekiston materialida tanishing.
O‘zbekistonda 14 yoshdan 31 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarga pul mablag‘lari qaytarilishi mumkin. Sertifikat turiga qarab, qaytarilgan mablag‘lar ulushi farq qilishi mumkin.
Shunday qilib, agar sizda B2 dan yuqori til darajasiga ega bo‘lgan professional va til sertifikatlari bo‘lsa, sizga 100% mablag‘ qoplab beriladi. Agar arizachi faqat professional sertifikatga ega bo‘lsa, unda sarflangan pulning 60 foizi qaytarilishi mumkin.
Agar o‘rtacha va dastlabki sertifikat bo‘lsa, sarflangan pulning 40-30 foizi qaytariladi. Bundan tashqari, xalqaro sertifikat olish uchun o‘quv kursiga sarflangan pulni qaytarish mumkin.
Kim kompensatsiya olishi mumkin?
Quyidagi 9 ta yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislar mablag‘larni qaytarishlari mumkin:
IT mutaxassisi,
tarmoq administratori,
ishlab chiquvchi,
dizayn,
sun’iy intellekt,
loyihalar bo‘yicha menejer,
ma’lumotlar bazasi,
kiberxavfsizlik,
tizim administratori.
Arizani qayerga yuborish kerak?
Qanday hujjatlar talab qilinadi?
Pasport yoki ID karta;
3x4 hajmdagi rangli fotosurat;
berilgan sanadan boshlab 180 kundan ortiq bo‘lmagan xalqaro IT sertifikatining nusxasi (pdf);
Xalqaro IT sertifikatini olish narxini tasdiqlovchi to‘lov kvitansiyasi nusxasi (pdf);
kompensatsiya o‘tkaziladigan plastik karta haqida ma’lumot;
Xalqaro til sertifikati nusxasi (pdf);
Agar talabnoma beruvchi xalqaro ITsertifikatini olish uchun o‘quv kursi xarajatlarini qoplash uchun anketani to‘ldirsa, u holda o‘qishni tugatganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasini ilova qilish kerak (pdf).
Agar nomzod 16 yoshga to‘lmagan bo‘lsa, arizani to‘ldirishda ota-onalar yoki vasiylarning ma’lumotlari ko‘rsatilishi kerak.
Ko‘rib chiqish mudadi 5 ish kuni. Sertifikatni tekshirishda muammolar yuzaga kelsa, muddat ko‘payishi mumkin. Agar ariza ma’qullansa, arizachiga 25 ish kuni ichida xarajatlar qoplanadi.