TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Poytaxtda “Taroveh” namozi o‘qiladigan masjidlar joylashgan ko‘chalarda harakat cheklanadi, deya xabar berdi Toshkent shahar IIBB.
Ramazon oyi kechalaridagi taroveh namozi munosabati bilan joriy yilning 10-mart kunidan boshlab har kuni soat 19:00 dan 24:00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yo‘llar transport vositalari harakati uchun cheklanadi.
Mirzo Ulug‘bek tumani: Tepa masjidi Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Olimlar ko‘chasiga qadar;
Bektemir tumani: Alibek masjidi M.Avezov ko‘chasidan Xusayin Boyqaro ko‘chasiga qadar;
Yashnobod tumani: Islom ota masjidi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi ikkinchi darajali yo‘ldan Zarkent va Obishir ko‘chalariga qadar, Ali ibn Abu Tolib masjidi Cho‘lpon ko‘chasidan Salohiyat ko‘chasiga qadar;
Mirobod tumani: Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja masjidi Yangi Quyliq – Fayziobod ko‘chalari kesishgan chorrahadan Fayziobod 5-tor ko‘chasiga qadar.— Quyliq ota masjidi TXAY – Qo‘yliq ota ko‘chalari kesishgan chorrahadan Yangi Qo‘yliq tor ko‘chasiga qadar;
Sergeli tumani: Ma’ruf ota masjidi Choshtepa ko‘chasidan Chosh tepa 1-tor ko‘chasiga qadar, No‘g‘ayqo‘rg‘on masjidi Yangi Sergeli – No‘g‘ayqo‘rg‘on KXAY – Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon – Sag‘bon chorrahasigacha;
Yakkasaroy tumani: Usmon bin Ma’zum masjidi KXAY – Fayzli Toshkent chorrahasidan KXAY – Qushbegi chorrahasigacha, Yakkasaroy masjidi Shota Rustaveli – Yakkasaroy chorrahasidan Yakkasaroy – Bog‘u bo‘ston chorraxasigacha, Rakat masjidi J.Shoshiy ko‘chasidan Askiya ko‘chasiga qadar;
Yangihayot tumani: Niyozmat ota masjidi TXAY – Binokor chorrahasidan Pastdarg‘on mahallasiga kirishga qadar;
Shayxontohur tumani: Shayx Zayniddin (Ko‘kcha) masjidi Ko‘kcha Darvoza – Nurafshon chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza – Beshqayrag‘och chorrahasigacha, Kamolon masjidi Bunyodkor – Kamolon chorrahasidan Kamolon – Ustazoda 2-tor chorrahasigacha;
Olmazor bo‘yicha: Xasti Imom masjidi Nurafshon – Qorasaroy chorrahasidan Qorasaroy – Abdulla Qodiriy chorrahasigacha, Islomobod masjidi KXAY – Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon – Sag‘bon chorrahasigacha, Do‘stjonboy (Sulola) masjidi Sag‘bon-Sag‘bon 12-tor chorrahasidan Keles yo‘li – Noraztepa chorrahasigacha;
Yunusobod bo‘yicha: Mirza Yusuf masjidi Bog‘ishamol ko‘chasidan Shivli ko‘chasiga qadar;
Uchtepa tumani: Abdullox ibn Mas’ud (Katta Qani) masjidi Katta Qani aylanmasidan Lutfiy – Katta Xirmontepa ko‘chalari chorrahasigacha, Xazrati Ali masjidi Nazarbek – Mahorat chorrahasidan Nazarbek – Zamaxshariy 1-tor ko‘chasigacha;
Chilonzor tumani: Novza masjidi Bunyodkor – Muqimiy ko‘prigi tagidan Oliy Majlis qarshisigacha, Shayx Muxammad Sodiq Muxammad Yusuf masjidi Al-Xorazmiy – Gavhar chorrahasidan So‘galli ota ko‘chasigacha, Ubay ibn Ka’f (Bo‘rijar) masjidi Al-Xorazmiy ko‘chasidan Katta Xirmontepa ko‘chasigacha.