Ramazon oyi uchun zakot, fitr va fidya miqdori qancha?

Fidya miqdori fitr sadaqasining miqdori bilan bir xil bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2024-yil uchun zakot, fitr sadaqasi va fidya miqdorlarini e’lon qildi.
Mirziyoyev "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida" qaror imzoladi
Fatvo markazining milodiy 2024 / hijriy 1445-yilgi Ramazon oyi uchun zakot nisobi, fitr sadaqasi va fidya miqdori bo‘yicha qarorlari qabul qilindi.
Unga ko‘ra:
Ramazon oyi uchun tillo qiymatidan zakot nisobi 40.000.000 (qirq million) so‘m etib belgilandi.
“Kimda zaruriy ehtiyojidan tashqari 40 000 000 (qirq million) so‘m va undan ortiq pul mablag‘i yoki ushbu qiymatdagi savdo-tijorat moli bo‘lsa, jami mablag‘ining qirqdan biri (2,5 foizi)ni zakot niyatida haqdorlarga beradi”, — deyiladi xabarda.
Fitr sadaqasining miqdori quyidagicha belgilandi:
bug‘doydan – 14 000 (o‘n to‘rt ming) so‘m;
arpadan – 20 000 (yigirma ming) so‘m;
mayizdan – 110 000 (bir yuz o‘n ming) so‘m;
xurmodan – 180 000 (bir yuz sakson ming) so‘m deb belgilandi.
Har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini berishi mumkin bo‘ladi.
Ramazon oyida to‘g‘ri ovqatlanishning qanday qoidalari bor?
Fidya miqdori fitr sadaqasining miqdori bilan bir xil bo‘ladi. Har kim o‘z imkoniyatiga qarab, ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan bir turidan fidya miqdorini ajratishi kifoya qiladi.
Ramazon taqvimi 2024 — saharlik va iftorlik vaqtlari