O‘zbekiston va Tojikiston sayyohlik yo‘nalishida hamkorlikni kengaytiradi

Ikki mamlakat sayyohlik firmalari o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bir qator bitimlarni imzoladilar.
Sputnik
TOShKENT, 9 mar — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston sayyohlik yo‘nalishida hududlararo hamkorlikni kengaytiradi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Surxondaryo viloyati Turizm boshqarmasi rahbariyati va sayyohlik kompaniyalar vakillarining Tojikistonning Xatlon viloyatida bo‘lib o‘tgan xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida ishtiroki tashkil etildi.
Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston va Tojikiston sayyohlik kompaniyalari vakillari o‘rtasida B2B shaklidagi muzokaralar tashkil etildi. Uchrashuvlar natijasida ikki mamlakat sayyohlik firmalari o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bir qator bitimlarni imzoladilar.
Surxondaryo viloyati delegatsiyasi tashrif davomida Tojikistonning "Safed dara" qishki kurort zonasida bo‘lib, hududda amalga oshirilgan ishlar va mijozlarga yaratilgan qulayliklar bilan tanishdilar.
Tojikiston Milliy banki O‘zbekiston Markaziy banki tajribasini o‘rgandi