TOShKENT, 9 mar - Sputnik. O‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov WBA kamari sohibiga aylandi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar berdi.
Professional boksda o‘z yurishini davom ettirayotgan bokschi Isroil Madrimov bugun o‘zining chempionlik jangida ringga ko‘tarildi.
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida tashkil etilgan boks oqshomida Madrimovga rossiyalik Magomed Kurbonov (25-0, 13 KO) raqiblik qildi.
Madrimov 12 raundga belgilangan jangning 5 raundida Kurbonovni nokautga uchratdi va super o‘rta vazn toifasida WBA kamari egasiga aylandi.