Yaponiya bosh vaziri O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston TIV delegatsiyasi Yaponiya bosh vaziriga Shavkat Mirziyoyevning salomini yetkazdi.
Sputnik
TOShKENT, 8 mar - Sputnik. Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qildi.
"Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida Janobi Oliylari tomonidan qabul qilinganimiz biz uchun sharafdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining samimiy salomlarini yetkazdik. Suhbatimiz siyosiy muloqotdan tortib, madaniy almashinuvlargacha bo‘lgan keng ko‘lamli ikki tomonlama masalalarni qamrab oldi", - deyiladi xabarda.
Shuningdek Yaponiya va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirliklari orasida strategik hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhim o‘rin tutishi ham aytib o‘tilgan.
Premyer ministr Yaponii Fumio Kisida prinyal delegatsiyu Uzbekistana