Putin 52 nafar sudlangan ayollarni afv etdi

Putin 8-mart kuni yosh bolali va homilador sudlangan ayollardan bir nechasini afv etdi.
Sputnik
TOShKENT, 8 mar - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 52 nafar sudlangan ayollarni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, deya xabar bermoqda Kreml.
"Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 52 nafar mahkum ayollarni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Davlat rahbari afv etish to‘g‘risida qaror qabul qilishda insonparvarlik tamoyillariga amal qildi. Birinchi navbatda, voyaga yetmagan bolasi bor ayollar, homilador ayollar, Shuningdek, qarindoshlari maxsus harbiy operatsiyada qatnashayotgan ayollar afv etildi”, — deyiladi xabarda.

Xalqaro xotin-qizlar kuni tarixi

Turli manbaalarda Xalqaro xotin-qizlar kuni paydo bo‘lishiga 1857-yil 8-mart kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan ayollar namoyishi deb aytilgan. Shu kuni to‘qimachilik korxonalarida ishlaydigan ayollar "Bo‘sh kastrulkalar marshi" uyushtirib, o‘z mehnat sharoitlarini yaxshilashni talab qilishgan.

Xalqar miqyosda BMT 1975-yilni Xalqaro xotin-qizlar yili deb e’lon qilib istalgan bir kunni ayollar bayrami sifatida nishonlashni tavsiya etgan.
SSSRda 8-mart ilk bor 1965-yil Oliy Kengashi Prezidiumining Farmoni bilan Xalqaro xotin-qizlar kuni rasmiy bayram va dam olish kuni deb e’lon qilindi. Uzoq vaqt davomida Sovet Ittifoqi 8-mart rasmiy bayram sifatida qabul qilingan Yevropadagi yagona davlati bo‘lib qoldi.

Bugungni kunda 8-mart rasman bayram sifatida nishonlanadigan davlatlar Rossiya, Qozog‘iston, Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Moldova, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Abxaziya, Belarus va Janubiy Osetiyada, Shimoliy Koreya, Mo‘g‘uliston, Angola, Zambiya, Gvineya-Bisau, Kambodja, Uganda, Keniya, Eritreya.