TOShENT, 8 mar - Sputnik. O‘tgan haftada (2 martdan 8-martgacha) Rossiya Aerokosmik kuchlari va havo mudofaa tizimlari Ukrainaning 800 taga yaqin dronlari va boshqa uchar qurollarini urib tushirdi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.
“Hafta davomida Ukraina Harbiy-havo kuchlarining MiG-29 samolyoti, Buyuk Britaniyada ishlab chiqarilgan beshta “Storm Shadow” qanotli raketalari, AQShda ishlab chiqarilgan "Patriot" zenit raketasi, 7 ta "Hammer" boshqariladigan bombalari, 33 ta HIMARS raketalari, shuningdek, 796 ta uchuvchisiz apparatlarini urib tushirishdi", - deyiladi xabarda.
Maxsus operatsiya boshlanganidan beri Ukrainaning jami 576 ta harbiy samolyoti, 267 ta vertoloti, 14 658 ta uchuvchisiz apparati, 482 zenit-raketa qurollari, 15 400 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikasi, 1234 ta ko‘p raketali tizimlari va 19 498 dona boshqa maxsus harbiy texnikasi yo‘q qilindi.