Bu kasbda mehr-muhabbatsiz ishlab bo‘lmaydi - kinolog

Kinolog Violetta Muravyeva hayvonlar bilan ishlashning eng muhim sirlari bilan bo‘lishdi.
Sputnik
TOShKENT, 8 mar - Sputnik. 8 mart bayrami arafasida Sputnik murakkab va noodatiy kasblarda ishlayotgan ayollar bilan suhbat qildi.

Navbatdagi qahramonimiz - kinolog Violetta Muravyeva.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hayvonlar bilan ishlashda, birinchi navbatda, ularga mehrli bo‘lish kerak. Violetta sohaga kirib kelgan vaqtlarida ko‘plab qiyinchiliklarni boshdan kechirgan.
“Bu sohada ayollarni ko‘rish ko‘pchilikka erish tuyulgan. Ular meni bu ishni eplolmaysan deb fikrimdan qaytarishga harakat qilishardi. Ammo hayvonlarga bo‘lgan muhabbatim tufayli bu ishni uddaladim” – dedi u.
Violettaning otasi ham kinolog bo‘lgan, lekin u o‘z qizining ushbu ishda ishlashini xohlamaydi.

Mening qizim ushbu ishda ishlashini xohlamagan bo‘lardim, chunki bu juda og‘ir ish. Ammo unga ta’qiqlashga haqqim yo‘q, bunday qarorni har bir insonning o‘zi qabul qiladi, - deydi Violetta.

Kinolog aytishiga ko‘ra, itlarga ba’zi odamlarga qaraganda ko‘proq ishonish mumkin. Ular o‘ziga mehribon bo‘lgan insonga juda sodiq bo‘lishadi va hatto endi tug‘ilgan bolalarini ham ishonib topshirishi mumkin.
Violetta shuningdek, itlarni sog‘lom dunyoga keltirish va parvarish qilish sirlarini ham aytib berdi. Batafsil videolavhamizda tomosha qiling.