T️ShKENT, 7 mar — Sputnik. AQShning Moskvadagi elchisi Lin Treysi 7-mart kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Vazirlikda AQSh elchisiga Rossiyada faoliyat olib borayotgan 3ta amerika nodavlat tashkiloti nomaqbul deb e’lon qilingani haqida xabar berildi.
Vazirlikda AQSh elchisiga Rossiyada faoliyat olib borayotgan 3ta amerika nodavlat tashkiloti nomaqbul deb e’lon qilingani haqida xabar berildi.
Gap “Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlari”, “Madaniy istiqbollar” va “Xalqaro ta’lim instituti” nodavlat tashkilotlari haqida bormoqda.
Rossiya TIV AQSh elchisiga ushbu tashkilotlar faoliyatini targ‘ib qilishni to‘xtatish va ularning loyihalari ro‘yxatini diplomatik missiya veb-saytidan olib tashlash qayd etilgan nota topshirdi.
TIV bayonotida qayd etilishiga ko‘ra, Rossiyaning ichki ishlariga aralashishga urinishlar, elchixona xodimlarini persona non grata maqomida mamlakatdan quvilishiga olib keladi.