Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya Ukrainada AQShning yana bir Abrams tankini yo‘q qildi

Rossiya tankchilari Avdeyevka yo‘nalishida AQShda ishlab chiqilgan Abrams tankini yo‘q qildi.
Sputnik
TOShKENT, 6 mar — Sputnik. Rossiya tankchilari Avdeyevka yo‘nalishida AQShda ishlab chiqilgan Abrams tankini yo‘q qildi. Bu haqda frontning ushbu sektorida vazifalarni bajarayotgan Rossiya Qurolli kuchlari bo‘linmalaridan birining qo‘mondoni RIA Novostiga ma’lum qildi.

“Tank dueli chog‘ida T-72B3 tankining ekipaji birinchi o‘q bilan maqtangan amerikalik "Abrams"ni yo‘q qildi”, — dedi agentlik suhbatdoshi.

Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi ikkita "Abrams" tanki yo‘q qilingani haqida xabar bergan edi.
Maxsus harbiy operatsiya: Donbassda Abrams yonmoqda, keyin nima bo‘ladi?