O‘zbekiston va YeOII

YeOII mamlakatlarida ish haqi qanchaga oshdi?

2023 yilda o‘rtacha oylik real ish haqining eng yuqori o‘sish sur’atlari Armaniston va Belarusda qayd etilgan.
Sputnik
TOShKENT, 6 mar — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeOII) barcha mamlakatlarida 2023-yilda ish haqi oshdi, deya xabar berdi YeIK matbuot xizmati.
“2023 yilning yanvar-dekabr oylarida o‘rtacha oylik nominal va real (tovar va xizmatlar iste’mol narxlari indeksiga moslashtirilgan) ish haqi 2022-yilning mos davriga nisbatan YeOIIga a’zo barcha davlatlarda oshdi", — deyiladi YeIK statistika departamenti hisobotida.
Qayd etilishicha, o‘rtacha oylik real ish haqining eng yuqori o‘sish sur’atlari Armaniston (112,4%) va Belarusda (111,0%) qayd etildi.
O‘rtacha oylik nominal ish haqi:
Armanistonda – 270 ming arman drami (688 dollar);
Belarusda – 1,9 ming belarus rubli (634 dollar);
Qozog‘istonda – 360,8 ming tenge (791 dollar);
Qirg‘izistonda – 33,3 ming so‘m (379 dollar);
Rossiyada – 73,7 ming rus rubli (871 dollar).
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekiston 2-3 yil ichida YeOIIga to‘laqonli a’zo bo‘lishi mumkin — ekspert