TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Shimoliy Atlantika alyansi tahdidining kuchayishi ta’sirida Rossiyada ikkita yangi harbiy okrug paydo bo‘ldi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu selektorlar yig‘ilishida ma’lum qildi.
“Rossiya chegaralari yaqinida NATOning harbiy salohiyatini oshirish, Finlyandiya va keyinchalik Shvetsiyaning tashkilotga qo‘shilishi orqali ittifoqni kengaytirish fonida biz shimoli-g‘arbiy va g‘arbiy strategik yo‘nalishlarda qo‘shin guruhlarini kuchaytirish bo‘yicha choralar ko‘rdik. Qurolli kuchlarning ikkita strategik hududiy birlashmalar – Leningrad va Moskva harbiy okruglari tashkil etildi”, – dedi u.
Vazir prezident Vladimir Putin Rossiyaning yangi harbiy-ma’muriy bo‘linmasini yo‘lga qo‘yganini eslatdi. Harbiy okruglarga tegishli hududlar, jumladan, yangi hududlar biriktirilgan, deb tushuntirdi Shoygu.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu choralar qo‘shinlar va kuchlarni boshqarish samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.
“Rossiya Federatsiyasining harbiy xavfsizligiga yuzaga kelayotgan tahdidlarga mutanosib ravishda qurolli kuchlar tarkibi va tuzilmasini takomillashtirishni davom ettiramiz”, — deya xulosa qildi vazir.
Sergey Shoygu, shuningdek, Maxsus harbiy operatsiyada ishtirok etayotgan Rossiya Havo-kosmik kuchlari guruhi uchun zarur bo‘lgan parvoz darajasi ta’minlanini aytdi.
“Ta’kidlaj joizki, korporatsiya (Birlashgan dvigatel quruvchi korporatsiyasi– tahr.) korxonalarining erishilgan quvvati maxsus harbiy operatsiyada ishtirok etayotgan Havo-kosmik kuchlar guruhining zarur darajadagi parvozini ta’minlaydi”, — dedi u.
Vazirning ta’kidlashicha, 2023-yil oxirida Birlashgan dvigatel quruvchi korporatsiya davlat mudofaa buyurtmasi bo‘yicha topshiriqlarni to‘liq bajargan va 2024-yilga mo‘ljallangan rejalar bo‘yicha ayrim mahsulotlarni tezkor yetkazib berishni ta’minlagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda konstruktorlik xizmatlari faqat mahalliy materiallardan foydalangan holda Rossiya dvigatellarining texnik va resurs xususiyatlarini yaxshilaydi.
Bundan tashqari, Birlashgan dvigatel quruvchi korporatsiya korxonalari harbyi gibrid tuzilmalarini kompleks sinovlardan o‘tkazmoqda, bu zararli chiqindilarni kamaytiradi va yoqilg‘i samaradorligi va samolyotlarning ekspluatatsiyasi xavfsizligini sezilarli darajada oshiradi, deya qo‘shimcha qildi harbiy bo‘lim boshlig‘i.
Rossiyaning An-124 uchun D-18T dvigatellarini seriyali ishlab chiqarish 2027-yilning to‘rtinchi choragida rejalashtirilgan, dedi Rossiya mudofaa vaziri. U An-124 “Ruslan” og‘ir harbiy transport samolyotlari parkining xizmat ko‘rsatish holatini saqlab qolish masalasini ko‘rib chiqishni taklif qildi.
“Hozirgi vaqtda Rossiyaning D-18T dvigatellarini (ushbu samolyotlar uchun – tahr.) seriyali ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda, uni ishga tushirish 2027-yilning to‘rtinchi choragiga mo‘ljallangan”, — dedi vazir.
Uning qayd etishicha, reaktiv dvigatelli Il-212 yengil harbiy transport samolyotini yaratish 2026-yil oxiriga rejalashtirilgan.
“Birlashgan avia-qurilish korporatsiyasi allaqachon samolyotning texnik dizaynini ishlab chiqishga kirishgan. Namunani ishlab chiqarish 2026-yil oxiriga rejalashtirilgan”, — dedi vazir.
Uning ta’kidlashicha, Il-212 yengil harbiy transport samolyoti PD-8 turboreaktiv dvigatellari bilan jihozlanadi.
“Ushbu samolyotlar eskirgan An-26 va An-72 parkining o‘rnini egallaydi. Yangi transport samolyoti yuk ko‘tarish darajasi va parvoz masofasi, yoqilg‘i quyish va texnik xizmat ko‘rsatish qulayligi bilan ajralib turadi”, — dedi Shoygu.
Rossiya vazirining qo‘shimcha qilishicha, samolyot asfaltlanmagan, jihozlanmagan uchish-qo‘nish yo‘laklaridan foydalanishi, shuningdek, Arktika kengliklarida ham ishlay oladi.
Rossiya qo‘shinlari Ukraina Qurolli kuchlariga Avdeyevkadan qochgandan so‘ng yangi chegaralarda o‘rnashib olishiga yo‘l qo‘ymadi va ularni orqaga surishda davom etmoqda.
“Ukrainalik jangarilar Avdeyevka mudofaa markazidan qochganidan so‘ng, Rossiya qo‘shinlari guruhi ularga Petrovskoe — Lastochkino — Severnoe chegarasida mustahkam o‘rnashib olishga imkon bermadi va dushmanni g‘arbiy yo‘nalishda surishda davom etmoqda”, — dedi u.
Shoygu rossiyalik askarlarning mardlik, jasorat va qahramonlik ko‘rsatib, o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishini ta’kidladi.