O‘zbekiston va Rossiya texnik jihatdan tartibga solish sohasida qator tadbirlar o‘tkazmoqchi

Tomonlar, shuningdek, ixtisoslashtirilgan o‘quv markazlari va oliy o‘quv yurtlarining standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya sohasidagi o‘zaro hamkorligini muhokama qilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Rosstandart hamkorlikni oshirib, qo‘shma tadbirlar tayyorlamoqda. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasi xabar berdi.
Agentlik direktori Akmal Jumanazarov va Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi savdo vakili Konstantin Zligostev ikki tomonlama hamkorlikning keyingi yo‘nalishlarini muhokama qildi.
Agentlik direktori Akmal Jumanazarov va Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi savdo vakili Konstantin Zligostev ikki tomonlama hamkorlikning keyingi yo‘nalishlarini muhokama qildi.
“Kun tartibidagi muhim masalalar bo‘lajak qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish va O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Rosstandart o‘rtasidagi hamkorlik dasturini amalga oshirish masalalari bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya sohasida ixtisoslashtirilgan o‘quv markazlari va oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro hamkorligi muhokama qilindi.
O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Rosstandart o‘rtasidagi hamkorlik dasturi 2023-2025 yillarda standartlashtirish, metrologiya, texnik tartibga solish, nazorat, muvofiqlikni baholash, ta’lim va fan kabi sohalarda 30 dan ortiq qo‘shma tadbirlarni o‘tkazishni nazarda tutadi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2024-yil fevral oyidagi tegishli qarori bilan Texnik jihatdan tartibga solish sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi, shuningdek, texnik reglamentlarni qayta ko‘rib chiqish va yangilash dasturini tasdiqlagan edi.