Tojikiston Milliy banki O‘zbekiston Markaziy banki tajribasini o‘rgandi

Tojikiston tomoni gender tengligi va moliyaviy inklyuzivlik masalalariga e’tibor qaratdi.
Sputnik
TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Tojikiston Milliy banki vakillari O‘zbekiston Markaziy banki tajribasini o‘rganishdi, deya xabar berdi Markaziy bank matbuot xizmati.
Tojikiston milliy banki vakillari gender tenglik va moliyaviy ommaboplik yo‘nalishida Markaziy bank tajribasini o‘rganishdi.
"Seminarda O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish milliy strategiyasi va uni baholash ko‘rsatkichlari, tartibga solish qumdoni hamda raqamli moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish mavzularida tajriba almashildi", — deyiladi xabarda.
Tojikiston tomoni hududlarda yangi bank xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini ochish, mijozlarni masofaviy identifikatsiya qilish tizimlarini joriy etish orqali moliyaviy xizmatlar qamrovini oshirishni nazarda tutuvchi O‘zbekistonda moliyaviy inklyuzivlikni oshirish bo‘yicha Milliy strategiyani amalga oshirish, shuningdek nobank kredit tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishdan manfaatdorligini bildirdi.
Shuningdek, Markaziy bankning Gender tenglikka erishish milliy strategiyasi-2030 doirasidagi o‘rni va bank tizimida gender xilma-xilligini rivojlantirishga qaratilgan dasturlar va tashabbuslar haqida batafsil ma’lumot berildi.