TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Rossiyaning “Sirius” federal hududida o‘tayotgan Butunjahon yoshlar festivalida o‘zbekistonlik talabalar va yosh olimlar ham ishtirok etmoqda.
Butunjahon yoshlar festivalida 20 ming ishtirokchini o‘zida birlashtirdi. Ular orasida o‘zbekistonlik yoshlar ham bor. Festival ishtirokchisi Zarina Shopulotova festivalning ilk kunlari O‘zbekiston yoshlar delegatsiyasi uchun qanday o‘tayotgani haqida gapirib berdi.
“Samarqand davlat tibbiyot universitetida o‘qiyman va ishlayman. Biz 12 kishidan iborat talabalar va yosh olimlar bilan tashrif buyurdik. Yurtimizdan juda ko‘p sovg‘alar olib keldik. Masalan, pista, har xil shirinliklar, holva va ko‘plab milliy o‘yinchoqlar. Biz musobaqalarda qatnashapmiz. Biz yana va yana qaytib kelish uchun yurtimizga juda ko‘p unutilmas tuyg‘ular bilan qaytishni xohlaymiz”, — deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi u.
Eslatib o‘tamiz, Butunjahon yoshlar festivali Rossiya prezidenti Vladimir Putinning farmoni bilan 1—7-mart kunlari “Sirius” federal hududida o‘tkaziladi va fan, ijod, sport va siyosatda muvaffaqiyatlarga erishgan yoshlarning eng yaxshi vakillarini birlashtiradi.
Rossiya Federatsiyasi rahbari “festival adolatli, ko‘p qutbli dunyoni shakllantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lishiga” ishonch bildirdi. Tashkilotchilar birlashtiruvchi formatini qayd etgan tadbirda 20 ming kishi ishtirok etadi, ularning yarmi xorijliklardir.
Ular turli sohadagi yetakchi mutaxassislarning ma’ruzalarini tinglashlari, siyosatchilar va vazirlarga savollar berishlari, taniqli musiqachilarning konsertlariga borishlari, sun’iy intellekt yordamida shou-debatlarda qatnashishlari mumkin bo‘ladi.
Bu yil Rossiya to‘rtinchi bor yoshlar forumiga mezbonlik qiladi, bungacha festival 1957, 1985 va 2017-yillarda Moskvada bo‘lib o‘tgan. Birinchi Jahon yoshlar va talabalar festivali 1947-yilda Pragada bo‘lib o‘tdi va deyarli olti hafta davom etdi.