Katta dubulg‘a turniri: o‘zbekistonlik sportchilar qanday natija qayd etishdi?

Musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar 6 ta medalga sazovor bo‘lishdi.
Sputnik
TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Dzudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Toshkent “Katta dubulg‘a” turniridagi ishtirokini muvaffaqiyatli yakunladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Katta dubulg‘a” turnirida 68 ta mamlakatdan 500 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi. Musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza, jami 6 ta medalga sazovor bo‘lishdi.
“Bu natija bilan dzudochilarimiz Fransiya va Yaponiyadan keyin umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdilar”, — deyiladi xabarda.
1 / 5
2 / 5
3 / 5
4 / 5
5 / 5
Musobaqa g‘oliblari:
Oltin medal: -60 kg: Doston Ro‘ziyev, -100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev.
Kumush medal:-52 kg: Gulhayo Jo‘rayeva.
Bronza medal: -73 kg: Shahram Ahadov, -73 kg: Obidxon No‘monov, -90 kg: Davlat Bobonov.
Eslatib o‘tamiz, 1-3-mart kunlari Toshkent dzudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniriga mezbonlik qildi.
Toshkent “Katta dubulg‘a” turnirining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi