TOShKENT, 3 mar — Sputnik. O‘zbekistonda shu yilning 1-fevral holatiga jami 68 691 ta sanoat korxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, eng ko‘p sanoat korxonalari poytaxtda joylashgan. Bu borada Farg‘ona va Toshkent viloyatlari ham yetakchilik qilmoqda. Sanoat korxonalari eng kam hududlar Jizzax va Sirdaryo viloyati bo‘lib qolmoqda.
Sanoat korxonalari soni:
Toshkent shahrida – 11 930 ta
Farg‘ona viloyatida – 7 635 ta
Toshkent viloyatida – 7 273 ta
Samarqand viloyatida – 6 065 ta
Andijon viloyatida – 5 510 ta
Namangan viloyatida – 4 909 ta
Buxoro viloyatida – 4 058 ta
Xorazm viloyatida – 3 962 ta
Qashqadaryo viloyatida – 3 675 ta
Qoraqalpog‘iston R. – 3 564 ta
Navoiy viloyatida – 3 046 ta
Surxondaryo viloyatida – 3 018 ta
Jizzax viloyatida – 2 518 ta
Sirdaryo viloyatida – 1 528 ta
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar oyida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 265 ta yangi korxonalar tashkil etilgan. Shundan 40 tasi sanoat sohasida.