"Eng yomon ssenariy": Yevropa Ittifoqi Ukraina orqali gaz tranziti yuzasidan xavotir bildirdi

Politico: Yevrokomissiya Ukraina orqali gaz tranzitini to‘xtatish xavfini baholadi.
Sputnik
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Shu yil oxirida Rossiya gazining Ukraina orqali tranzitini to‘xtatish ushbu yoqilg‘i yetkazib berishga to‘liq bog‘liq bo‘lgan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari uchun dahshatli oqibatlarga olib keladi. Bu haqda Politico Yevropa komissiyasining maxfiy hujjatiga tayanib ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Bu shuni anglatadiki, Yevropa Ittifoqi tez orada o‘zining umumiy gaz importining qariyb besh foizini, asosan, markaziy va janubi-sharqiy Yevropadan yo‘qotadi. Agar bu yo‘qotish uzoq davom etgan sovuqlar fonida sodir bo‘lsa, hujjatga ko‘ra, bu Ukraina orqali gaz tranzitiga tayanadigan mamlakatlar uchun “eng yomon ssenariy” bo‘ladi”, — deb ta’kidladi nashr.
Qayd etilishicha, Ukraina orqali yetkazib berishning to‘xtatilishi muqobil yo‘nalishlarni izlash hisobiga gaz importi xarajatlarining oshishiga olib keladi, yoqilg‘ini saqlash xarajatlari esa “bu diversifikatsiyani qiyin va qimmatroq qiladi”, deyiladi materialda. Nashr eng katta xavf ostida Avstriya, Vengriya va Slovakiya bo‘lishini ta’kidlagan.