TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Toshkent mezbonlik qilayotgan dzudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turnirining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
© NOK
Tadbirda O‘zbekiston Sport vaziri Adham Ikramov, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov, Xalqaro dzudo federatsiyasi (IJF) Bosh direkori Vlad Marinesku, MOQ raisi o‘rinbosari, mamlakat dzudo federatsiyasi rahbari Azizjon Kamilov ishtirok etishdi.
© NOK
Marosimda Vlad Marinesku Toshkent musobaqaga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rgani, ikki yil avval o‘tgan jahon chempionatining taqdirlash marosimida O‘zbekiston prezidentining shaxsan qatnashgani dzudoga bo‘lgan e’tiborning yuqori ekanini bildirdi.
© NOK
O‘z o‘rnida Adham Ikramov O‘zbekiston tomonidan dzudo ommaviyligini oshirishga ulkan ahamiyat qaratilayotgani, qolaversa, Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarida dzudochilardan ulkan natijalar kutilayotgani haqida to‘xtaldi.
Rasmiylar musobaqani ochiq deb e’lon qilishgach, tadbirning badiiy qismiga navbat berildi. Shundan so‘ng kechki dasturdan o‘rin olgan bellashuvlar boshlandi.
© NOK
© NOK