Saidov va Lavrov Turkiyada uchrashuv o‘tkazdi

Saidov va Lavrov Antaliya Diplomatik forumi doirasida uchrashuv o‘tkazdi.
Sputnik
TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Bugun, 2-mart kuni uchinchi Antaliya Diplomatik forumi doirasida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Rossiya TIV xabar berdi.
Tomonlar Rossiya-O‘zbekiston munosabatlarining ayrim dolzarb masalalarini muhokama qildilar, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi tomonlarni qiziqtirgan qator masalalar, jumladan, MDH va ShHTdagi hamkorlik yuzasidan fikr almashdilar.
Sergey Lavrov va Baxtiyor Saidov ikki davlat rahbarlarining kelishuvlariga muvofiq Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilikning yuqori dinamikasini ta’minlashga sodiq ekanliklarini tasdiqladilar.
Ma’lumot uchun, 1-3 mart kunlari Antaliya Diplomatik forumi o‘tkazilmoqda.