O‘zbekiston va YeOII

YeOIIda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar narxlari 6,9 foizga oshdi

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar narxlarining pasayishi Armanistonda (0,7 foizga) va Rossiyada (0,6 foizga) kuzatildi.
Sputnik
TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari bo‘yicha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari narxlari indeksi 2024-yil yanvarida 2023-yil yanvariga nisbatan 106,9 foizni tashkil etdi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
2023 yil dekabr oyiga nisbatan narxlar 0,3 foizga pasaygan, shu bilan birga o‘simlikchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar narxlari 1,7 foizga oshgan, chorvachilik mahsulotlari esa 1,3 foizga arzonlashgan.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar narxlarining pasayishi Armanistonda (0,7 foizga) va Rossiyada (0,6 foizga) kuzatildi. Shu bilan birga, narxlarning o‘sishi Qirg‘izistonda (1,6 foizga) va Belarusda (1,4 foizga) kuzatildi, Qozog‘istonda narxlar biroz oshdi (0,2 foiz).
YeOIIdan chiqish Armaniston kun tartibida yo‘q