O‘zbekiston yoshlari Butunjahon yoshlar festivalida ishtirok etmoqda

Yoshlar festivalida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik talabalar o‘z fikri bilan baham ko‘rishdi.
Sputnik
TOShKENT, 6 mar — Sputnik. O‘zbekistonlik 200ga yaqin talabalar shu kunlarda Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon yoshlar festivalida ishtirok etmoqda.
Sochi yaqinidagi Sirius shaharchasida bo‘lib o‘tayotgan festivalda dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan minglab yoshlar ishtirok etmoqda. Tadbir 7-martga qadar davom etadi.