TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Fransiya Ukrainaga harbiy amaliyotlar o‘tkazish uchun qo‘shin yubormaydi, fransuzlar Ukraina uchun qurbon bo‘lmaydi, dedi juma kuni Fransiya tashqi ishlar vaziri Stefan Sejourne. RIA Novosti xabariga asosan.
"Fransuzlar Ukraina uchun o‘lmaydi. Biz jangovar harakatlar uchun qo‘shin yubormaymiz, chunki biz boshidan Rossiya bilan urush qilmasdan turib uning g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymaslikni maqsad qilganmiz. Ushbu konsepsiya doirasida hech narsa istisno qilinmagan", - dedi Sejournet Frace Inter radiosida.
Avvalroq Emmanuel Makron G‘arb davlat rahbarlari Ukrainaga qo‘shin kiritish imkoniyatini muhokama qilgan, biroq hozircha konsensusga erishilmaganini ma’lum qilgan edi. Shuningdek u YeI Ukrainaga o‘rta va uzoq masofali raketalar yetkazib berishini ma’lum qilgandi.
Keyinroq Makronning Ukrainaga askar yuborish ehtimoli haqidagi bayonotlari Yevropada keskin tanqidga uchradi.
Xususan, Germaniya kansleri Olaf Shols va Mudofaa vaziri Boris Pistorius Germaniya Ukrainaga o‘z qo‘shinlarini yubormasligini aytdi va NATO davlatlari umuman bu ishni qilmoqchi emasligini ta’kidladi. Bundan tashqari, kansler Ukrainaga uzoq masofali "Taurus" qanotli raketalarini yuborish rejalari yo‘qligini yana bir bor ta’kidladi.
Fransiyaning BFM nashri yozishiga ko‘ra, Markronning Ukrainaga qo‘shin jo‘natish rejalari Rossiyani cho‘chitmadi, aksincha, G‘arb yetakchilarining bu bayonotga munosabati Yevropaning harbiy mojaroga tayyor emasligini ko‘rsatdi. Oqibatda — buning aksi bo‘lib chiqdi.
G‘arb davlatlarining Ukrainaga o‘z harbiylarini yuborish ehtimoli NATO va Rossiya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuv xavfini oshiradi, deb avvalroq RIA Novosti agentligiga harbiy xavfsizlik va qurol nazorati bo‘yicha Venada bo‘lib o‘tayotgan muzokaralardagi Rossiya delegatsiyasi rahbari Konstantin Gavrilov.