TOShKENT, 1 mar – Sputnik. YeOIIdan chiqish Armaniston kun tartibida yo‘q, dedi Armaniston parlamenti vitse-spikeri, Armaniston-Turkiya munosabatlarini tartibga solish jarayonida Armanistonning maxsus vakili Ruben Rubinyan Antaliyada bo‘lib o‘tayotgan Diplomatik forumda. RIA Novosti xabariga asosan.
“Yo‘q, bunday masala kun tartibida yo‘q”, — dedi Rubinyan, Yevroittifoqqa integratsiya jarayonida YeOII bojxona tartib-qoidalari to‘siq bo‘lmasligi uchun Yerevan tashkilotdan chiqishni kutaptimi, degan savolga javob berarkan.
Rubinyan juma kuni Anadolu Diplomatik forumi doirasida "Janubiy Kavkazda tinchlik, taraqqiyot va o‘zaro bog‘liqlik" muhokama panelida ishtirok etmoqda.
Ma’lumot uchun, Tog‘li Qorabog‘ to‘liq Ozarbayjon ixtiyoriga qaytganidan so‘ng, bir necha oy davomida, Armaniston rasmiy hukumati tomonidan Rossiyadan uzoqlashishga qaratilgan harakatlar kuzatilmoqda. Xususan, bir necha kun oldin respublika o‘zining KXShTdagi ishtirokini muzlatib qo‘ygani haqida e’lon qildi. Shu bilan birga NATO bilan yaqinlashishga qaratilgan turli hamkorlik rejalari ham e’lon qilindi.