Afg‘onistonda Qo‘shtepa kanali jadallik bilan qurilmoqda, bu kanalga Amudaryoning yillik oqimining chorak qismi buriladi. Rejadagi 285 km.dan 108 km uzunlikdagi birinchi uchastka ishga tushirildi.
Ayni paytda "Tolibon"lar* kanalni eskirgan texnologiyalar yordamida qurmoqda. Shunga ko‘ra, Amudaryodan real suv olish rejalashtirilganidan ancha yuqori bo‘lishi mumkin.
Bu holat Markaziy Osiyo va xususan Qozog‘istondagi suv xo‘jaligi faoliyatiga qanday ta’sir qiladi? Bu so‘nggi yillarda suv tanqisligi bilan bog‘liq murakkab vaziyatni qay darajada og‘irlashtirishi mumkin? Bu kanalning qurilishi Orol dengizining kelajakdagi taqdiriga qanday ta’sir qilishi mumkin? Shu va boshqa savollarga Sputnik Qozog‘iston multimedia matbuot markazida uchrashuv ishtirokchilari javob berishdi.
Ma’ruzachilar: “Sharq-G‘arb” xalqaro geosiyosiy prognozlash markazi bosh eksperti Ruslan Kazkenov, O‘zbekiston Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Diplomatik akademiya direktori, siyosiy fanlar doktori Abdusamat Haydarov.
*tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida