Rossiya benzin eksportini vaqtincha taqiqlamoqchi — bu O‘zbekistonga qanday ta’sir qiladi?

Rossiya hukumati 1-martdan boshlab olti oyga benzin eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy qilmoqchi.
Sputnik
TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin tomonidan tasdiqlangan benzin eksportini olti oyga vaqtinchalik taqiqlash O‘zbekistonga yetkazib berishning kelishilgan hajmlariga ta’sir qilmaydi. Bu haqda RBK gazetasi Rossiya hukumatiga yaqin manbaga tayanib xabar berdi.
Talabning mavsumiy o‘sishi fonida benzin eksportini vaqtinchalik taqiqlash 2024-yil 1-martdan boshlab amal qiladi. Bundan tashqari, birjada dizel yoqilg‘isini sotishning oshirilgan standarti joriy etilmoqda - 16% gacha.
“Eksportni vaqtinchalik taqiqlash YeOII mamlakatlari, Mo‘g‘uliston, O‘zbekiston, Abxaziya va Janubiy Osetiyaga kelishilgan yetkazib berish hajmlariga taalluqli emas”, — deyiladi maqolada.
Nashr ta’kidlaganidek, Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak bahorgi dala ishlari, neftni qayta ishlash zavodlarida rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari va yozgi ta’tillar bilan bog‘liq yoqilg‘iga talab ortib borayotgan mavsum boshlanganini eslatib, benzin eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy etishni taklif qildi.
"Neft mahsulotlariga bo‘lgan shoshilinch talabni tenglashtirish uchun ichki neft mahsulotlari bozorida narxlarni barqarorlashtirishga yordam beradigan choralar ko‘rish kerak", —dedi Novak.
Yil boshidan buyon AI-92 va AI-95 rusumli benzin, shuningdek, yozgi dizel yoqilg‘isi birja narxlari 8–23 foizga oshdi, ulgurji segmentda esa benzin narxining o‘sish sur’ati pastroq 1,6 foizni tashkil etdi, dizel esa 6%, arzonlashdi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya benzinining eksportiga taqiq 2023-yil 21-sentabrdan 17-noyabrgacha ichki motor yoqilg‘isi bozoridagi narx konyunkturasini barqarorlashtirish uchun amal qilgan edi. Hukumatlararo bitim imzolangandan so‘ng O‘zbekiston o‘tgan yilning noyabr oyida Rossiya benzinining ilk jo‘natmalarini olgan edi. Jami 370 ming tonnadan ortiq benzin import qilinishi rejalashtirilgan.
O‘zbekistonda benzin sifatini qayerda va qanday tekshirish mumkin?