Toshkentliklarga odatiy bo‘lgan inshootlarni o‘rganish uchun butun dunyodan urbanistlar kelishmoqda. Ko‘chmas mulk bozorida esa sovet binolaridagi xonadonlar hozirgi jadal qurilishlarga qaramay, o‘z talabini yo‘qotmayapti.
Me’mor Aleksandr Kuranov Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda Toshkentdagi SSSR davridagi eng qiziqarli turar-joy binolari haqida so‘zlab berdi hamda zamonaviy uy-joy muammolarini tushuntirib berdi.