O‘zbekiston va YeOII

Rossiya MDHda Qirg‘izistondan ayollar kurtkalarini sotib olishda yetakchi bo‘ldi

YeOII mamlakatlari Qirg‘izistonda ishlab chiqarilgan ayollar kurtkalarining asosiy bozori bo‘lib qolmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari Qirg‘izistonda ishlab chiqarilgan ayollar kurtkalarining asosiy bozori bo‘lib qolmoqda – eksportning 96 foizi faqat Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston respublika Milliy statistika qo‘mitasiga tayanib xabar berdi.
Qirg‘izistondan kurtkalar importi bo‘yicha Rossiya MDH davlatlari orasida yetakchi hisoblanadi. O‘tgan yili respublikadan Rossiya Federatsiyasiga ayollar ustki kiyimlarini yetkazib berish hajmi besh baravar oshdi.
Eksportning umumiy hajmi 3 million dollardan oshdi. Shu bilan birga, Rossiyada o‘tgan yil davomida ayollar ustki kiyimlari savdosi o‘tgan yilga nisbatan besh barobarga yuqoriladi.
Xitoy import qiluvchi davlatlar orasida ikkinchi o‘rinda turmoqda, bu umumiy eksportning 3% ni tashkil qiladi. Respublika ayollar kurtkalarini O‘zbekiston, Chexiya, Estoniya va Italiyaga ham yetkazib beradi.