TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 2025-yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etish niyati borligini ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
“Ularga (muxolifat - tahr.) ayting, men qatnashaman. Vaziyat qanchalik og‘ir bo‘lsa, ular jamiyatimizni qanchalik faol qo‘zg‘atishsa, sizni, meni va jamiyatni qanchalik zo‘rlashtirsa, men bu saylovlarga shunchalik tez qatnashaman", — dedi u jurnalistlar bilan suhbatda.
Lukashenkoga ko‘ra, hozir shunday bir lahzaki, uning lavozimidan ketishi xiyonat bilan barobar bo‘ladi. Bu ko‘pchilikka yoqmasligini tan oldi, chunki u o‘zi qabul qilgan kelishuv va qarorlarning bajarilishini qat’iy talab qiladi.
"Agar ular amalga oshirilmasa, hokimiyatning butun tuzilmasi buziladi va jamiyat g‘arq bo‘ladi. Ha, men buni tushunaman", — deya ta’kidladi Belarus rahbari.