D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialida 23-24 fevral kunlari birinchi marta Rossiya fanlari kuni o‘tkazildi. Buyuk rus olimi Dmitriy Ivanovich Mendeleyev tavalludining 190-yilligiga bag‘ishlangan tadbir O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi ilmiy-ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Hali tajribasi yetarli bo‘lmaganlar, shuningdek, tajribali olimlar tibbiyot, kimyo va yadro texnologiyalari sohasidagi texnologik muammolar va yaqin kelajakda amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etilishi mumkin bo‘lgan ilmiy yechimlarni muhokama qildilar.
Batafsil Sputnik O‘zbekiston videosida tomosha qiling.