“O‘zbekiston–2030” strategiyasini 2024-yilda amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi

Amaliy tadbirlar rejasi 5 ta yo‘nalish va jami 100 ta maqsaddan iborat.
Sputnik
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi prezident farmoni (PF-37-son, 21.02.2024 y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Farmon bilan, keng jamoatchilik bilan muhokamalarda bildirilgan takliflar asosida ishlab chiqilgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi doirasida quyidagilar tasdiqlandi:
2024 yilga mo‘ljallangan yo‘nalishlar kesimidagi amaliy tadbirlar rejasi;
2024 yilda yo‘nalishlar kesimida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ro‘yxati.
Amaliy tadbirlar rejasi quyidagi 5 ta yo‘nalish va jami 100 ta maqsaddan iborat:
Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish;
Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash;
Suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish;
Qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish;
“Xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish.
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi qabul qilindi — unda nimalar nazarda tutilgan?