Yoshlarning IT-sertifikat olish xarajatlarining 60 foizi qoplab beriladi

IT-sertifikatlarni olish xarajatlarining 60 foizigacha bo‘lgan qismini qoplab berishda ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi sertifikat talab etilmaydi.
Sputnik
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatiladi. Bu haqda Hukumatning tegishli qarori bilan Yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Hujjatga ko‘ra, ariza beruvchi xalqaro IT-sertifikat berilgan sanadan 180 kalendar kun mobaynida mazkur sertifikatni olish xarajatlarini qoplab berishni so‘rab, YaIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilishi lozim.
Ariza beruvchining xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarining 60 foizigacha bo‘lgan qismini qoplab berishda ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi sertifikat talab etilmaydi.
"Xalqaro IT-sertifikatlar boshlang‘ich darajada bo‘lganda 30 foiz, o‘rta darajada bo‘lganda 40 foiz hamda professional darajada bo‘lganda 60 foiz miqdorda sarflangan xarajatlar qoplab beriladi", — deyiladi xujjat matnida.
Ingliz tili bo‘yicha V2 va undan yuqori darajadagi hamda professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatga ega bo‘lgan yoshlarning xalqaro IT-sertifikatni olish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.
Mirziyoyev IT, turizm, investitsiya salohiyatining yaxlit imijini yaratish bo‘yicha ko‘rsatma berdi