TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Indira Rizametova. Yanvar oyi oxirida bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari transport biznesi muloqotining ikkinchi yig‘ilishida ekspertlar Rossiya “Shimol-Janub” xalqaro transport yo‘lagi bilan bevosita bog‘langan ikkita istiqbolli transport yo‘lagini rivojlantirishda ishtirok etishni rejalashtirayotganini ma’lum qilishdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri MDH Ijroiya qo‘mitasining Moskvadagi bo‘limiga tayanib xabar berdi.
Gap O‘zbekistondan Afg‘oniston poytaxti orqali Pokistonga chiqadigan “Kobul koridori” (Termiz – Naybobod – Logar – Xarlachi) multimodal yo‘nalishi va “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” (Qashg‘ar – Torugart – Arpa – Makmal – Jalolobod) yo‘lagi haqida ketmoqda. Hozirgi vaqtda ikkala koridor ham multimodal formatda ishlaydi, jarayon aralash transport (avtomobil va temir yo‘l transporti) xususiyatiga ega.
Biroq ekspertlar bu hududlarda temir yo‘l qurilishi loyihalari amalga oshirilsa, ishtirokchi davlatlar o‘rtasidagi yuk aylanmasi sezilarli darajada oshishi mumkin, degan fikirda.
Taraqqiyotning asosiy sababi yo‘l vaqtining qisqarishi, yetkazib berish vaqtlari, va eng muhimi – Shimoliy-Sharqiy Yevropa, Rossiya, Xitoy va Janubiy, Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari, shuningdek, Xitoy va Janubiy Yevropa o‘rtasida Markaziy Osiyo orqali yuk tashish xarajatlarining qisqarishiga xizmat qiladi. Yo‘lakni rivojlantirishning muhim omili ham yuk nomenklaturasi hajmini oshirish bo‘ladi, chunki yuk poyezdlari tashish hajmi bo‘yicha ustunlikka ega.
Tutash manfaatlar
“Kobul yo‘lagi” ham, “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” ham O‘zbekiston hududini kesib o‘tadi va bu kelajakda mamlakat transport-logistika xizmatlari eksportini oshirishga xizmat qiladi, deydi Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatdagi ekspertlar.
“O‘zbekiston Respublikasi hukumati eksport salohiyatini yanada oshirish va respublika eksport hajmini 2026-yilga borib 30 milliard dollarga, 2030-yilga borib esa 45 milliard dollarga yetkazish vazifasini qo‘ygan. Bu maqsadni amalga oshirish uchun transport xizmatlari eksportini oshirish kabi vazifalar belgilab olindi”, — deydi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiyot va mintaqaviy tadqiqotlar instituti mustaqil tayanch doktoranti Dildora Ibragimova.
O‘zbekiston Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekiston orqali o‘tadigan tranzit yuklar hajmi 11,3 million tonnani tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,1 million tonnaga yoki 22,8 foizga ko‘pdir.
O‘zbekiston orqali tranzit yuk tashish hajmlari
© Sputnik
Ayni paytda, temir yo‘l va avtomobil yo‘llarini rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalar Markaziy Osiyoda boshqa davlatlar uchun ham qiziqish uyg‘otayotgan magistral infratuzilma yetishmovchiligini qoplaydi. Masalan, “yaxshi qo‘shnichilik kamari”da Rossiya iqtisodiy makoniga qo‘shimcha import/eksport nuqtalarini yaratish va hamkorlar uchun o‘sish nuqtalarini taqdim etishdan manfaatdor rossiyalik biznes kompaniyalari uchun, deq qayd etdi ekspertlar.
“Agar biz Moskva manfaatlariga shartli baho beradigan bo‘lsak, menimcha, “Kobul yo‘lagi” Belarus – Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston multimodal yo‘nalishining kengroq istiqbolida ko‘rib chiqilmoqda. Bu Moskvada Shimol-Janub xalqaro transport koridorining segmenti sifatida tushuniladi, garchi u har doim ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri bunday deyilmasa ham”, — dedi Kaspiy strategik tadqiqotlar instituti ilmiy eksperti Aleksandr Karavayev.
Ekspert, shuningdek, temir yo‘l liniyasi yuk tashishdan tashqari, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida yagona energiya bozori deb ataladigan bozorni shakllantirishga mo‘ljallangan CASA-1000 xalqaro loyihasini rivojlantirishga ham hissa qo‘shishi bilan o‘rtoqlashdi.
O‘zbekistonlik ekspertlar Kobul avtomagistralini zudlik bilan elektrlashtirilgan holda qurish mumkinligiga e’tibor qaratmoqda, bu esa qiyin tog‘li relefli hududlarda tashishni tashkil etish uchun juda muhim. Bunda Afg‘onistonda elektr tarmoqlarini yanada rivojlantirish juda muhim nuqta hisoblanadi. Xususan, Kobul temir yo‘l liniyasi qurilishi bilan bir qatorda "Surxon – Puli-Xumri" elektr tarmog‘ini qurish loyihasini amalga oshirish, O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berishni 70 foizga, yiliga 6 milliard kVt/soatgacha oshirish imkonini beradi.
“Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” koridori qurilishi qachon boshlanadi?
Bir vaqtlar ushbu rejalashtirilgan temir yo‘l baland ovozda quruqlikdagi Suvaysh kanali deb atashar edi, chunki u Sharq va G‘arbni eng qisqa va eng foydali yo‘l bilan bog‘lash imkonini beradi. Xususan, Xitoydan Janubiy Yevropaga yo‘nalish 900 kilometrga, yuklarni yetkazib berish muddatlari esa bir haftagacha qisqartiriladi.
Hozirgi vaqtda Xitoydan Yevropaga dengiz orqali konteyner yuklarini yetkazib berishning o‘rtacha muddati 15 kundan 30 kungacha. Yangi temir yo‘l Xitoy Qashg‘aridan boshlanadi, so‘ngra yo‘l Qirg‘iziston Arpa, Makmal va Jalolobod orqali O‘zbekiston Savay stansiyasiga chiqish qiyin bo‘lgan Torugart dovoni orqali o‘tadi.
Jeleznaya doroga "Kitay - Kirgizstan - Uzbekistan"
"Ushbu loyihani amalga oshirish g‘oyasi 1997-yilda TRASEKAning navbatdagi yig‘ilishida aytilgan edi, ammo turli sabablarga ko‘ra bu masala qoldirildi. Yangi temir yo‘l Tinch okeani mintaqasi va Xitoydan Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston orqali Eron va Turkiyaga, undan keyin esa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuklarni yetkazib berish imkonini beradi, ya’ni Xitoy va Yevropa o‘rtasidagi savdo uchun muqobil logistika yo‘liga aylanadi”, — dedi BMT YeIKdan “Olmaota-Tehron-Istanbul” yo‘lagi koordinatori, temir yo‘l transporti bo‘yicha ekspert, texnika fanlari nomzodi (PhD), katta ilmiy xodim Umidulla Ibragimov.
Shuningdek, u bugungi kunda mavjud yo‘nalishlar jahon iqtisodiyotining o‘sib borayotgan ehtiyojlariga javob bera olmasligini ta’kidladi, holbuki, TRASEKA (“Bir kamar, bir yo‘l”) tashabbuslari asosida paydo bo‘lgan yangi yo‘l ko‘plab muammolarni hal qiladi.
Mutaxassis ayni paytda Markaziy Osiyo davlatlarining transport xizmatlari eksportidan tushadigan jahon daromadlaridagi ulushi bir foizdan oshmayotganiga ham e’tibor qaratdi.
“Yangi yo‘lak Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida hamda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri temir yo‘l aloqalarini o‘rnatish imkonini beradi va bu, shubhasiz, har ikki davlat farovonligini oshirish uchun asos bo‘ladi”, — deya qo‘shimcha qildi Ibragimov.
Qirg‘iziston Respublikasi Milliy investitsiya agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Qirg‘iziston-Xitoy-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi 2024-yilda boshlanishi kutilmoqda. O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra esa, hozirda tomonlar 486 kilometrlik temir yo‘l yo‘nalishi bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishgan.
Marshrutning katta qismi - taxminan 312 km Qirg‘iziston hududidan o‘tadi. Loyihaning umumiy qiymati 5 milliard dollargacha, qurilish muddati esa 3-5 yilni tashkil etadi.
“Qirg‘izistonlik hamkasblar bilan bo‘lib o‘tgan muntazam uchrashuvlarda Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘l koridori Qirg‘izistonning o‘zi uchun eng muhim va zarur ekanligi bir necha bor ta’kidlangan. Bu loyiha amalga oshirilgach, uni ishlatishdan olingan daromaddan foydalangan holda temiryo‘lchilar kredit mablag‘larini jalb qilmasdan respublikaning shimoli va janubini bog‘lovchi Baliqchi – Kochkor – Makmal liniyasi qurilishini mustaqil ravishda amalga oshirishlari mumkinligi bilan izohlanadi”, — dedi Umidulla Ibragimov.
“Kobul koridori”: qaysi davlatlar loyihani qo‘llab-quvvatlashga tayyor
Pokistonning “Karachi” va “Kasem” dengiz portlariga chiqish imkonini beruvchi “Termiz-Naybobod-Logar-Harlachi” temir yo‘li loyihasi butun Yevroosiyo temir yo‘l tizimini Afg‘oniston orqali Janubiy Osiyo bilan bog‘laydi va Markaziy Osiyoning tranzit salohiyatini oshirishga, yuk oqimlarini jalb qilishga, mintaqaning tarixiy roli – Buyuk Ipak yo‘li chorrahasini jonlantirishga yordam beradi. Shuningdek, Yevroosiyo mintaqalarini eng qisqa quruqlik yo‘li bilan bog‘laydi, deb hisoblaydi Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda bo‘lgan ekspertlar.
Jeleznodorojniy koridor "Uzbekistan - Afganistan - Pakistan"
Joriy yilning fevral oyi boshida Toshkentda Afg‘oniston, O‘zbekiston, Pokiston va Qatar vakillarining to‘rt tomonlama uchrashuvi doirasida “Kobul yo‘lagi”ning turli jihatlari, jumladan, moliyalashtirish mexanizmlari, qurilish masalalari va texnik tafsilotlari muhokama qilindi. Qatar temir yo‘llari vakillari ushbu loyihada ishtirok etish va sarmoya kiritishga tayyor ekanliklarini namoyish etdishdi. Avvalroq BAA ham loyihani qo‘llab-quvvatlash va ishtirok etish istagini bildirgan edi.
Shu kunlarda Rossiya Federatsiyasining sanoat va savdo vaziri Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyasi, jumladan, “Rossiya temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati bosh ijrochi direktori Oleg Belozorov va boshqalar Toshkentda bo‘lib turibdi. Ularning muhokamamidagi masalalardan biri “Kobul koridori”dir.
“Rossiyadan Pokistonga O‘zbekiston va qo‘shni Afg‘oniston orqali tranzit yo‘lagining haqiqiy maqsadiga qo‘shimcha ravishda transchegaraviy birikmalarga ulanish (temir yo‘ldan avtomobil transportiga va aksincha), yangi logistika xizmatlarining paydo bo‘lishi, marshrut bo‘ylab omborlar va terminallarni kengaytirish bilan bog‘liq O‘zbekiston iqtisodiyotiga multiplikativ samara beradi”, — dedi Qozog‘iston strategik tadqiqotlar instituti ilmiy eksperti Aleksandr Karavayev.
Mutaxassis, shuningdek, birinchi bosqichda yuk aylanmasi juda oddiy bo‘lishini tushuntirdi - ko‘pi bilan 3 - 4,5 million tonna. Va hatto uning ustida ishlash kerak bo‘ladi. Kaspiy segmentlarida Shimoliy-Janubiy Dengiz texnik qo‘mitasi tajribasi shuni ko‘rsatdiki, dastlabki davr eng qiyin, ammo keyin o‘sish sezilarli bo‘ladi.
“Rossiyadan Pokistonga yetkazib berilayotgan yoqilg‘i-moylash materiallari va neftning katta qismi ushbu yo‘nalishga o‘tishi mumkin. O‘z navbatida, Pokiston Rossiyaga 26 turdagi, jumladan, quritilgan mevalar, kiyim-kechak, jarrohlik asboblari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishga tayyor. Sanksiyalar nuqtayi nazaridan, Yevro-Atlantika guruhining logistika va moliyaviy muhitiga bog‘liq bo‘lmagan “ichki” quruqlik yo‘liga ega bo‘lish mantiqan to‘g‘ri keladi”, — deya qo‘shimcha qildi Karavayev.
Shu bilan birga, Umidulla Ibrohimovning tushuntirishicha, Kobul segmentining umumiy taxminiy qiymati 6,9 milliard dollarni tashkil etadi, bu Markaziy Osiyodagi eng yirik infratuzilma loyihasi bo‘ladi, deyish mumkin. O‘zbekiston investorlar havzasini yaratish jarayonida ekanligini hisobga olib, Toshkent boshqaruvni o‘z zimmasiga olishi kerak. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, loyihani amalga oshirish yangi tranzit temir yo‘l yo‘laklarini shakllantirishga, Afg‘onistonning transport-logistika va tranzit salohiyatini rivojlantirish (shuningdek, uning mintaqaviy va xalqaro transport koridorlariga integratsiyalashuvi) va yo‘l bo‘yidagi mashrutlarning ijtimoiy-iqtisodiy, sanoat va qishloq xo‘jaligi salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, Afg‘onistonda yangi sanoat korxonalarini yaratishga kuchli turtki beradi.
"Yevropa Ittifoqi, MDH, Xitoy mamlakatlarining Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari (Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston, Bangladesh va boshqalar) bilan yagona temir yo‘l infratuzilmasini yaratish orqali loyiha qo‘shimcha xarajatlarsiz yangi Shimoliy-Janubiy yo‘lak bo‘ylab yuklarni tezroq tashishni ta’minlaydi", eng yirik bozorlarni bog‘lash, 2030-yilgacha yiliga 20 million tonnagacha ulkan tranzit oqimlarini shakllantirib, Afg‘oniston uchun noyob imkoniyatlar yaratish”, — dedi Dildora Ibragimova.
Bundan tashqari, ekspert Afg‘onistonning markaziy qismida joylashgan o‘nlab foydali qazilmalar konlari iqtisodiy muomalaga kiritilayotgani, yangi ish o‘rinlari yaratilayotgani va mamlakatda yangi kasblar, jumladan, temir yo‘l transporti ekspluatatsiyasi bilan bog‘liq kasblar shakllantirilayotganini qo‘shimcha qildi.
Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, 15 millionga yaqin mintaqa aholisi loyihadan manfaatdor bo‘lishadi. Umuman olganda, “Ernst & Young” xalqaro auditorlik-konsalting korporatsiyasining fikricha, “O‘zbekiston-Afg‘oniston-Pokiston” temir yo‘li loyihasining amalga oshirilishi yuk tashish vaqti va narxini 30-40 foizga qisqartiradi.
Ekspluatatsiyaning dastlabki yillarida hisoblangan yuk tashish hajmi 3 million tonnagacha, 2030-yilga kelib esa yiliga 20 million tonnadan oshishi mumkin.
Markaziy Osiyo davlatlarining xalqaro dengiz portlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoni yo‘qligi yaxshi ma’lum. Bu orqali, yangi temir yo‘l yo‘nalishlari, shu jumladan, yuqorida tilga olingan “Kobul yo‘lagi” va “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” yo‘laklari zamonaviy sharoitda alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Qolaversa, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Rossiya va Belarus kabi davlatlar ushbu loyihalarni tez amalga oshirish va boshqa transosiyo temir yo‘l koridorlari bilan integratsiyalashuvidan naf ko‘radi. Yevroosiyo va Tinch okeani mintaqasi davlatlari esa xalqaro miqyosdagi yagona transport-logistika markaziga aylanadi.