O‘zbekiston va YeOII

YeOIIda “Yevroosiyo integratsiyasi ramzlari” tanlovi boshlandi – kimlar ishtirok etishi mumkin?

Tanlovda tijorat va notijorat tashkilotlari, davlat organlari, birlashmalar, amalga oshirilgan loyihalar hamda g‘oyalar va konsepsiyalarni taqdim etuvchi jismoniy shaxslar ishtirok etishlari mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) va Strategik tashabbuslar agentligi “Yevrosiyo integratsiyasi ramzlari” qo‘shma keng ko‘lamli yuqori texnologiyali va gumanitar loyihalar tanloviga arizalar qabul qilish boshlanganini e’lon qildi.
Hujjatlar 19-fevraldan 30-aprelgacha tanlovning rasmiy veb-saytida topshirilishi mumkin.

“Tanlov yangilik, ishlab chiqarish qobiliyati, raqobatbardoshlikka ega bo‘lgan loyihalarni izlashga qaratilgan bo‘lib, ularni amalga oshirish Yevroosiyo mintaqasi hududida Yevroosiyo iqtisodiy Ittifoqining bir nechta davlatlari vakillari ishtirokida amalga oshiriladi va muhim ijtimoiy, iqtisodiy va texnologik ta’sirlarni ta’minlaydi”, — deyiladi xabarda.

Tanlovda tijorat va notijorat tashkilotlari, davlat organlari, uyushmalar, jismoniy shaxslar ishtirok etishlari mumkin.
Arizalar sakkiz toifada qabul qilinadi:
bazaviy sanoat texnologiyalari (qazib olish, qayta ishlash sanoatining yangi texnologiyalari; qishloq xo‘jaligi);
tranzit salohiyati (transport va logistika yechimlari, transport, infratuzilma);
texnologik suverenitet (asbobsozlik, stanoklar ishlab chiqarish, mikroyelektronika, kimyo va metallurgiya texnologiyalari, telekommunikatsiyalar, elektrotexnika, avtomobilsozlik, kemasozlik);
raqamli platforma yechimlari (axborot xavfsizligi);
yangi texnologik tuzilma (robotexnika, nanotexnologiya, biotexnologiya, AKT, gen injeneriyasi, kosmik texnologiyalar);
inson kapitali (fan va ta’lim, teletibbiyot, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport);
Yevroosiyo turizmi (mehmondo‘stlik sanoati, integratsiyalashgan turizm yechimlari, turistik xaritalar);
moliyaviy inklyuziya (moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish, mamlakatlar o‘rtasidagi savdo to‘lovlarini ta’minlash, ularning xavfsizligini oshirish uchun zamonaviy yechimlar).
Tanlovda turli bosqichlardagi loyihalar ishtirok etishi mumkin: konsepsiyadan tortib, amalga oshirish va kengaytirishgacha. Tanlov yakunlari sarhisob qilinadi va uning g‘oliblari 2024-yilning ikkinchi choragi yakunida Yevroosiyo iqtisodiy forumi doirasida taqdirlanadi.