Shuningdek, Docum.ai loyihasi asoschilari tomonidan VR texnologiyalariga ega ekotizim ham yaratilmoqda.
“Yaqinda “President Tech Awards” tanlovida qatnashdim. 2-o‘rinni olib, 50 ming dollar pul mukofotini qo‘lga kiritdim. Loyihamiz nomi Docum.ai. Biz xizmat ko‘rsatish sohasida inson omilini kamaytirmoqchimiz. Bu xizmat ko‘rsatuvchiga moliyaviy tomondan foyda, mijoz esa kutishlarsiz, javoblarni judayam tez va aniq olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Qisqa qilib aytganda, kompaniya to‘g‘risidagi ma’lumotni sun’iy intellekt o‘rganib chiqib, xizmat ko‘rsatadi. Jarayon istalgan tilda amalga oshiriladi”, — deydi Samandar Tursunaliyev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda bugungi kunda juda ko‘p kompaniyalarning ma’lumoti yetarli emas. Hatto juda nufuzli kompaniyalar ham mijozlarga xizmat ko‘rsatishda faqatgina inson omilidan foydalanadi.
"Hozir biz ma’lumot yig‘ish jarayonidamiz. Katta-katta sug‘urta kompaniyalari, banklar, O‘zbekistondagi programmali platformalarning xizmat ko‘rsatishini avtomatlashtirapmiz. Yaqin orada ovozli xabarlar, video, linklar va shu kabi istalgan ma’lumotni Docum.ai o‘rganib chiqib, javob beradi", — deya qo‘shimcha qildi yosh dasturchi.
Batafsil ma’lumotlar Sputnik O‘zbekiston videosida.