TOShKENT, 19 fev – Sputnik. Shu yilning oxirigacha chiqindi va qora metall parchalarini Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) bojxona hududidan tashqariga faqat Rossiya chegarasidagi to‘qqizta dengiz o‘tkazish punkti orqali olib chiqish mumkin. Bu bo‘yicha mamlakat bosh vaziri Mixail Mishustin tegishli qarorni imzoladi.
“Rossiya Federatsiyasidan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bojxona hududi tashqarisiga chiqindi va qora metall lom parchalarini chiqarish... faqat Rossiya Federatsiyasi davlat chegarasi orqali dengiz o‘tkazish punktlaridan ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha amalga oshiriladi”, – deyiladi hujjat matnida.
Dengiz portlariga Arxangelsk, Sankt-Peterburgning Katta porti, Vladivostok, Dudinka, Kaliningrad, Korsakov, Magadan, Murmansk va Petropavlovsk-Kamchatskiy kiradi.
Qaror e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi va 2024-yil 31-dekabrgacha amal qiladi.