Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya harbiylari Avdeyevkadagi koks-kimyo zavodini to‘liq nazoratga oldi

Korxona binolarida Rossiya bayroqlari ko‘tarildi. Ukraina bo‘linmalari tartibsizlik bilan chekinishda davom etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi koks-kimyo zavodini Ukraina Qurolli kuchlaridan to‘liq ozod qildi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya mudofaa vazirligiga tayanib xabar berdi.

"Markaz" kuchlar guruhi hujumni kuchaytirib, Avdeyevka yo‘nalishidagi koks zavodini to‘liq nazoratga oldi. Zavodning ma’muriy binolariga Rossiya bayroqlari ilib qo‘yilgan”, — deyiladi xabarda.

Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina bo‘linmalari tartibsizlik bilan chekinmoqda. Markaz guruhi dushmanning mustahkamlangan hududlariga artilleriya va aviatsiya bilan zarbalar berib, faol operatsiyalarni davom ettirmoqda.
Avdeyevka — Doneskning shimoliy chekkasi bo‘lib, maxsus operatsiya boshlanganidan beri janglar davom etmoqda. Ukraina qurolli kuchlari u yerdan DXR poytaxti va Donbassning boshqa aholi punktlarini muntazam ravishda o‘qqa tutdi. 17-fevral kuni kechqurun mudofaa vaziri Sergey Shoygu Vladimir Putinga Avdeyevka to‘liq nazoratga olingani haqida hisobot berdi.
Prezident harbiylarni ushbu muvaffaqiyat va muhim g‘alaba bilan tabrikladi. Shaharning ozod etilishi front chizig‘ini Doneskdan uzoqlashtirish va uni dushman hujumlaridan sezilarli darajada himoya qilish imkonini berdi, deya qo‘shimcha qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.