TOShKENT, 19 fev — Sputnik. O‘zbekistonlik dzudochilar Boku “Katta dubulg‘a” turnirini uchta medal bilan yakunlashdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Dzudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Ozarbayjon mezbonlik qilgan “Katta dubulg‘a” musobaqasidagi ishtirokini tugatdi. Unda sportchilar 1 ta oltin va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
Turnirning so‘nggi kunida O‘tkirbek To‘raboyev +100 kg vazn toifasida kurashgan polvon uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda niderlandiyalik Yur Spaykersga imkoniyatni boy berdi.
Musobaqa ishtirkchilari:
Oltin medal:-52 kg Diyora Keldiyorova.
Bronza medal: -48 kg Halima Qurbonova, -60 kg Doston Ro‘ziyev.
Eslatib o‘tamiz, dzudo bo‘yicha navbatdagi reyting turniri 1-3 mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Katta dubulg‘a medallari sportchilarga Parij Olimpiadasiga yo‘llanma olishlari uchun zarur bo‘lgan ochkolarni beradi.