TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Kiyev qo‘shinlarini Avdeyevkadan “hayotni saqlab qolish” uchun emas, balki faqat pul uchun kurashishi mumkinligi uchun olib chiqishga qaror qildi, deb yozdi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Telegram kanalida.
U Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning “odamlar hayotini saqlab qolish” uchun chekinish qarori qabul qilingani haqidagi so‘zlariga shunday izoh berdi.
“Yo‘q, uning uchun emas. Balki ZePrezident to‘dasi bilan faqat ularning cho‘ntagiga to‘g‘ri tushadigan katta pul uchun va faqat tinch aholiga qarshi "jang qilishni" biladi”, - deb yozadi diplomat.
Qolgan hamma narsa Kiyev rejimi uchun ahamiyatsiz, deya xulosa qildi Zaxarova.
Ukraina bo‘linmalari Avdeyevkadan olib chiqib ketilgani haqida kecha kechqurun Ukraina Qurolli Kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy ma’lum qildi. So‘nggi kunlarda ukrainalik harbiylar u yerdagi vaziyat ular uchun 2023-yil may oyida Kiyev taslim bo‘lgan Artyomovskdagidan ham yomonroq ekanini tan oldi.
Pentagonda ham Ukraina Qurolli Kuchlarining Avdeyevkadagi keskin vaziyati muhokama qilindi. Ular Ukraina armiyasida o‘q-dorilar va boshqa resurslar tugab borayotganini ta’kidlab, shaharning yaqinlashib kelayotgan yo‘qolishini Amerika yordami qayta tiklanmay turib, muqarrar bo‘lgan yangi mag‘lubiyatlar xabarchisi deb atadi.
DXR rahbarining maslahatchisi Yan Gaginning RIA Novostiga aytishicha, Ukraina Qurolli Kuchlari Avdeyevkadagi pozitsiyalarini tartibsiz ravishda tark etib, yaradorlarni tashlab, qochib ketmoqda. Ammo, uning so‘zlariga ko‘ra, shaharni Rossiya nazoratiga o‘tkazish haqida gapirishga hali erta, Mudofaa vazirligining rasmiy xabarini kutish kerak.