Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya Kursk viloyatida Ukraina dronini urib tushirdi

Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, kecha tunda havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukrainaning 33 ta dronini tutib, yo‘q qildi.
Sputnik
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Rossiya havo hujumidan mudofaa kuchlari Kursk viloyatining Kurchatov shahri yaqinida Ukraina dronini urib tushirdi, deya xabar berdi Kursk gubernatori Roman Starovoyt o‘zining Telegram kanalida.
“Bugun ertalab Kurchatov yaqinida havo mudofaasi Ukraina dronini urib tushirdi. Qurbonlar va vayronalar yo‘q. Himoyachilarimizga rahmat aytaman!” - deb yozgan u.
Kurchatovda joylashgan Kursk atom elektr stansiyasi normal ishlamoqda, fon radiatsiyasi oshib ketmayapti, deyiladi stansiyaning "VKontakte" ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, kecha tunda havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukrainaning 33 ta dronini tutib, yo‘q qildi: biri Kursk viloyati osmonida, qolganlari Kaluga, Voronej, Bransk va Belgorod osmonida.