TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Kecha Ozarbayjonning Boku shahrida dzudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniri start oldi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Diyora Keldiyorova oltin medalni qo‘lga kiritdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Musobaqaning birinchi kunida -52 kg vazn toifasida ishtirok etgan Diyora Keldiyorova finalda ikki karra Olimpiya o‘yinlari sovrindori italiyalik Odette Jufrida ustidan g‘alaba qozonib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Bu Keldiyorovaning “Katta dubulg‘a” musobaqalaridagi beshinchi oltin medali bo‘ldi. Shuningdek, u jahon va Parij-2024 Olimpiada reytingi uchun 1000 ochkoni ham o‘z hisobiga qo‘shib qo‘ydi.