G‘alaba bog‘idagi “Matonat madhiyasi” monumentiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Askarlarning hamkasblari, bevalari va do‘stlari ularning jasoratiga hurmat bajo keltirdilar. Tadbirda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov ham ishtirok etdi.
“Bu xotira, birga yashagan yillar, jangovar harakatlarda birgalikda qatnashganlik xotirasi xalqlarimizni birlashtiradi, deb hisoblayman. Qichqiriqlar, so‘zlar, haqoratlar bilan qanchalik urinishmasin, hech kim bu do‘stlikni buza olmaydi”, — dedi Oleg Malginov Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda.
Batafsil videoda tomosha qiling.